O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI AVTOMOBIL YO'LLARI QO'MITASI ROMITAN YO'LLARDAN MUNTAZAM FOYDALANISH UNITAR KORXONASI

Romitan yoʼllardan muntazam foydalanish unitar korxonasining maqsad va asosiy vazifalari:

Korxonaning asosiy maqsadi-biriktirilgan avtomobil yoʼllarida yil davomida kechayu kunduz, uzluksiz yoʼllardan foydalanish xizmatini tashkil etib, transportda yuk tashish sarf-xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirgan holda yoʼldan foydalanuvchilarning transportda tashish ehtiyojlarini qondirish va avtomobil yoʼllari tarmogʼini soz holda saqlashni taʼminlash, uni butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi.
Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarini Oʼzbekiston Respublikasi "Аvtomobil yoʼllari toʼgʼrisida"gi Qonunida belgilangan tartibda saqlash va foydalanishni tashkil etish va bevosita mazkur qonun asosida biriktirilgan avtomobil yoʼllarida yagona yoʼl texnik siyosatini amalga oshirish;
Korxonaga biriktirilgan avtomobil yoʼllari va undagi koʼpriklarga kompleks xizmat koʼrsatish va ularni tegishli texnik holatda saqlash hamda oʼtkazish qobiliyatini oshirib borish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarida uzluksiz va xavf-xatarsiz transport qatnovini taʼminlash uchun muntazam yoʼl xizmatini tashkil etish va mazkur yoʼllarning transport oqimiga xizmat koʼrsatish darajasini mustassil oshirib borish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllari tarmogʼini saqlash va taʼmirlash boʼyicha rejalarni tayyorlash va uni shartnoma asosida sifatli qilib bajarish;
Yoʼl xoʼjaligi korxonalari va boshqa korxonalarni shartnoma asosida biriktirilgan avtomobil yoʼlari va uning boʼlaklarida asrash va yoʼl xizmati koʼrsatish boʼyicha yordamchi pudratchilar sifatida jalb etish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllari tarmogʼi texnik holatini, yoʼl ishlarining sifati va ishlab-chiqarish texnologiyasiga rioya qilinishini muntazam nazorat qilish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarini saqlash va taʼmirlash ishlarini ekologiya meʼyorlari va estetika talablarini hisobga olgan holda bajarish;
Tarkibidagi boʼlim va boʼlinmalarda davlat mulkining saqlanishini va samarali ishlatilishini nazorat qilish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllari tarmogʼining hisobini olib borish, yoʼlning texnik holati, harakat jadalligi, harakat xavfsizligi toʼgʼrisida ishonarli axborot bankini tuzish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarini taʼmirlash va saqlash ishlarini sifatli qilib bajarish hamda Boshqarma bilan kelishilgan holda boshqa korxonalar, muassasalarga pudrat shartnomalari asosida ishlar bajarish;
Biriktirlgan avtomobil yoʼllari tarmogʼini rivojlantirish va takomillashtirishning uzoq muddatli kontseptsiyalari loyihasini ishlab chiqishda oʼz takliflarini tayyorlash;
Ishlab chiqarishga ilgʼor tajriba, yangi texnik, texnologiya va samarali yoʼl-qurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish sohasidagi ilgʼor tajribalarni tadbiq etish;
Yoʼl qurish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qoʼllash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;
Temir-beton, asfalt-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini, hamda metal qurilmalar va mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;
Аvtotransport, temir yoʼl transporti va boshqa transport vositalari hamda mexanizmlar bilan xizmatlar koʼrsatish;
Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʼyicha yordamchi xoʼjaliklar tashkil qilish, rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotlarni Korxona xodimlari va boshqa fuqarolarga sotish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarida ishonchli va tezkor aloqani yoʼlga qoʼygan holda uzluksiz dispetcherlik tizimi orqali yoʼllardagi holat toʼgʼrisida muntazam maʼlumotlarga ega boʼlish va yoʼldagi har qanday harakat xavfsizligiga aloqador voqea va hodisalar haqida Muassisni va Boshqarmani oʼz vaqtida xabardor qilish;
Biriktirilgan avtomobil yoʼllarining mintaqasidan tozalik va estetik talablarga rioya qilgan holda foydalanish; Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
Ulgurji, chakana savdo;
Xalq isteʼmoli iollarini ishlab chiqarish;
Turli sohalarda xaq evaziga xizmat koʼrsatish;
Foyda olish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shugʼullanish.
Litsenziya yoki maxsus ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlari, oʼrnatilgan tartibda litsenziya yoki maxsus ruxsat olingandan soʼng amalga oshiriladi.